Ro‘ziqul Berdiev "Mash’al" futbolchisini maqtadi

  • 26 oktabr, 2017, 23:28
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Oliy liga 26-turidan o‘rin olgan “Mash’al” va “Nasaf” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlangach mehmonlar ustozi Ro‘ziqul Berdiev o‘yin haqida quyidagi fikrlarni aytib o‘tdi. Bu haqda "Nasaf rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tecno

“Mash’al” biz uchun juda noqulay raqib hisoblanadi, agar o‘zaro uchrashuvlar tarixiga nazar tashlasak, Muborakda bungacha o‘n ikki yil muqaddam g‘alabaga erishgan ekanmiz. Bu juda katta vaqt. Hozirgi paytda jamoamizning holati ancha yaxshi, keyingi o‘yinlarni ko‘tarinki ruhda o‘tkazayapmiz. Bu ham bugungi g‘alabamizga omil bo‘ldi. Bugun shuningdek omadimiz ham keldi. Hisob 1:2 bo‘lib turgan paytda Humoyun Murtazoev hisobni tenglashtirishi ham mumkin edi. Ammo undan omad yuz ugirdi. O‘ylaymanki, bugungi o‘yinimiz mazmunliroq bo‘ldi. Shuni evaziga ham qozondik.

Albatta, so‘nggi daqiqalarda hisob yirikroq bo‘lishi mumkin edi. Ammo bu vaziyatlardan biz foydalana olmadik.

Shaxzod Shaymanov haqida? Ushbu o‘yinchining darvozamizga gol urish hohish istagi yuqoriroq shekilli, mana uch yildirki Muborakdagi o‘zaro uchrashuvlarda darvozamizga gol urayapti. Ajoyib o‘yinchi", - deyu aytib o‘tdi Berdiev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!