Ro‘zimboyning gaplari "ish berdi" yoxud "Navbahor" muxlislari Mo‘minjonovni haqorat qilishdi
Xabaringiz bor hozirgina Toshkentdagi “Milliy” stadionda Superliganing 25-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” hamda “Navbahor” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga etdi. Uchrashuv 2:0 hisobida maydon egalarining g‘alabasi bilan yakunlandi.
E’tiborli jihati, uchrashuvning so‘nggi daqiqalari o‘tib borayotgan bir paytda namanganlik ishqibozlar “Navbahor” bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonovni kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqorat qila boshlashdi. Bu xatto uchrashuvni jonli efirda namoyish qilgan “Sport” telekanali translyatsiyasida ham eshitilib turdi.
Eslatib o‘tamiz, bundan bir necha kun avval internetda “Navbahor” hujumchisi Ro‘zimboy Ahmedovning Ilhom Mo‘minjonov haqida gapirgan turli gap-so‘zlari tarqalib ketgan va bu katta muhokamalarga sabab bo‘lgan edi.
Balkim jamoa ishqibozlari ham aynan ushbu futbolchining gapirgan gaplaridan “ilhomlanishib” Ilhom Mo‘minjonov tomonga “tosh otishgandir”.
Eslatib o‘tamiz, Ro‘zimboy Ahmedov “Navbahor”ning safardagi mag‘lubiyatlarida jamoa bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonovni aybdor qilib, uni o‘yinlarni sotishda ham ayblagan edi.



Fikrlar