
Ro‘zimboy Ahmedov yana "Andijon"ga qaytdi
Yangi mavsumga astoydil tayyorgarlik ko‘rayotgan «Andijon» jamoasi Toshkent yig‘ini mobaynida bir qator futbolchilar bilan muzokara olib bormoqda.
Klub matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida jmoaga Ro‘zimboy Ahmedov taklif etildi. Muxlislarga yaxshi ma’lumki, 31 yoshli futbolchi 2016 yilning ikkinchi yarmida «burgutlar» safida xarakat qilgandi. 2017-2018 yillarni esa Namanganning «Navbahor» klubida o‘tkazdi.
Bugun Ro‘zimboy «Andijon» safiga kelib qo‘shildi va klub vitse-prezidenti Ma’rufjon Abdisalomov bilan muzokara o‘tkazib, rasman kelishuvga erishdi.
Fikrlar