"Roma" forvardi Turin klubiga ko‘chib o‘tishi mumkin

  • 25 iyul, 2018, 10:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning "Torino" klubi "Roma" hujumchisi Stefan El-Shaaraviga jiddiy qiziqish bildira boshladi.

Tecno

Football Italia tarqatgan xabarga ko‘ra turinliklar 25 yoshli futbolchini yangi mavsum boshlanishiga qadar o‘z safiga qo‘shib olishmoqchi va ular bu borada rimliklar bilan muzokaralarni ham boshlab yuborishgan.

Ma’lumot uchun, El-Shaaravi o‘tgan mavsum "Roma" safida jami 44ta bahsda maydonga tushgan va raqiblari darvozasiga 9ta gol kiritishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!