
"Rolan Garros" bugun kimlar kortga chiqadi?
Bugun, 7 iyun kuni "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi "Rolan Garros" musobaqasining yakkaliklar o‘rtasida chorak va yarim final bahslari o‘tkaziladi.
"Philippe Chatrier" kortida dastlab Rafael Nadal (Ispaniya) - Diego Shvartsman (Argentina) o‘zaro raqobatlashadi. Ushbu uchrashuvdan so‘ng esa Simona Xalep (Rumtniya) - Garbin Mugurusa (Ispaniya) final yo‘llanmasi uchun kuch sinashadi. Shuningdek, mazkur kort Medison Kiz (AQSh) - Sloan Stivens (AQSh) o‘yiniga mezbonlik qiladi.
Marin Chilich (Xorvatiya) va Xuan Martin Del Potro (Argentina) o‘yini "Suzanne Lenglen" kortida o‘tadi.
Fikrlar