Reyna “Milan”ga o‘tayotganini tasdiqladi

  • 26 may, 2018, 14:49
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Ispaniyalik posboni Pepe Reyna “Napoli” klubidan “Milan”ga o‘tayotganini tasdiqladi. 35 yoshli darvozabon yaqin kunlarda “rossoneri” safini to‘ldiradi.

“Neapolga Skudettoni olib kelishni istagandim. Bu shaharni doim yaxshi ko‘rganman. Ammo to‘rt yil o‘tdi, hozir Milanga yo‘l olayapman. Bu men uchun yangi tajriba bo‘ladi”, – dedi Pepe Reyna Corriro dello Sport bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda.

2017/18 yilgi mavsumda Reyna “Napoli”ning 47 o‘yinida maydonga tushib, o‘z darvozasidan 43 ta gol o‘tkazib yubordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!