
"Real"da 14 yil o‘ynagan sobiq futbolchi Lopetegining o‘rnini egallashi mumkin
Madridning “Real” klubi iste’foga chiqarilishi yaqin turgan jamoa bosh murabbiyi Xulen Lopetegining o‘rniga yana bir nomzod topib qo‘ydi.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra madridliklar ushbu lavozimga futbolchilik faoliyatining 14 yilini “Real”ga bag‘ishlagan va ayni damda ishsiz yurgan 55 yoshli Michelni taklif qilishmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Real” rahbariyati jamoa bosh murabbiyligiga shuningdek Antonio Konte hamda Santyago Solarining nomzodini ham ko‘rib chiqmoqda.
Fikrlar