Rasman! Uilsher "Vest Xem" a’zosiga aylandi

  • 9 iyul, 2018, 21:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Vest Xem" klubi hamshahari "Arsenal"ning sobiq yarim himoyachisi Jek Uilsherning transferini e’lon qildi.

Tecno

Berilgan xabarlarga ko‘ra 26 yoshli angliyalik futbolchi “bolg‘achilar” bilan 2021 yilga qadar shartnoma imzolagan. Ta’kidlash kerakki, “kanonirlar” bilan amaldagi shartnomasi yakunlangan Uilsher “Vest Xem”ga erkin agent sifatida kelib qo‘shildi.

Ma’lumot uchun, Uilsher asli “Arsenal” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va u ushbu jamoa safida 2008 – 2018 yillarda to‘p surib, jami 197ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 14ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi. U shuningdek Angliya terma jamoasida ham 34ta o‘yinda maydonga tushgan va raqiblari darvozasiga 2ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!