Rasman! "Monako" Leonardu Jardimni iste’foga chiqardi

  • 11 oktabr, 2018, 16:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Leonardu Jardim “Monako” klubi bosh murabbiyligi lavozimidan iste’foga chiqarildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tecno

Ta’kidlash kerakki, jamoa bu mavsum portugaliyalik mutaxassis qo‘l ostida o‘tkazilgan 11ta o‘yindan bor yo‘g‘i 1tasida g‘alaba qozondi holos.

Ma’lumot uchun, Jardim “Monako”ni 2014 yildan buyon boshqarib kelayotgan edi. Jamoa uning boshqaruvida 2016/17 yilgi mavsumda Frantsiya chempionligini qo‘lga kiritgan va shu mavsumning o‘zida Chempionlar ligasi yarim finaliga qadar etib bora olgan edi.

Eslatib o‘tamiz, "Monako" rahbariyati Jardimdan bo‘shagan lavozimga Frantsiyaning yaqin o‘tmishdagi eng zo‘r futbolchilaridan biri hisoblangan Terri Anrini taklif qilmoqchi va bu borada u bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!