
Rasman! Jardim "Monako"ga qaytdi
Ilgariroq, bu postni Teri Anri tark etgan edi. 44 yoshli Jardim 2014-2018 yillar oralig‘ida monegaskliklarga ustozlik qilgan edi. Uning qo‘l ostida jamoa Frantsiya chempioni bo‘lishga erishgan.
2018 yilning 11 oktyabrida esa Jardim qoniqarsiz natijalar sabab iste’foga chiqarilgan edi. Uning o‘rniga kelgan Teri Anri ham vaziyatni o‘nglay olmadi va u ham ishdan olindi.
Ma’lumot uchun, "Monako" Frantsiya chempionatida ortda qolgan 21 turdan so‘ng 15 ochko bilan turnir jadvalida 19-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar