
Rasman! “Inter” portugaliyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib oldi
Ispaniyaning “Valensiya” jamoasi himoyachisi Joao Kanselu faoliyatini Italiyaning “Inter” klubida davom ettiradi.
“Neradzurrilar” 23 yoshli futbolchini bir mavsumga ijaraga olishdi. Portugaliyalik futbolchi “Inter”dan “Valensiya”ga o‘tgan Joffre Kondogbia ijara kelishuvining bir qismi sifatida italyan jamoasi safiga kelib qo‘shildi.
Ilgariroq, “Inter” kelgusi yili Kanseluni 35 mln evroga sotib olishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar