
Rasman: “Chelsi” himoyachisi o‘rtamiyona klubga o‘tdi
Londonning “Chelsi” jamoasi himoyachisi Natan Ake o‘z faoliyatini “Bornmut” klubida davom ettiradigan bo‘ldi.
“Bornmut”ning “Tvitter”dagi sahifasida ma’lum qilinishicha, gollandiyalik futbolchi 20 million funtga xarid qilindi va bu klub rekordi sifatida qayd etildi.
22 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda aynan "Bornmut" safida ijara asosida to‘p surdi. Faoliyati davomida u "Reding" va "Uotford" klublarida ham ijara asosida o‘ynagan.
Qayd etish kerakki, avvalroq “Bornmut” jamoasi “Sanderlend” hujumchisi Jermeyn Defo bilan ham kelishuvga erishgani haqida xabar berilgandi.
Fikrlar