Rasman! “Barselona” hujumchisini ijaraga berdi

  • 1 sentabr, 2017, 23:34
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyaning “Barselona” klubi hujumchisi Munir El-Xaddadi faoliyatini “Alaves”da davom ettiradigan bo‘ldi.

Tecno

“Alaves” rasmiy saytida yozilishicha, 22 yoshli futbolchi bir mavsumga ijaraga olingan. Shartnomada sotib olish sharti bor yoki yo‘qligi haqida ma’lumot berilmagan.

Ma’lumot uchun, Munir o‘tgan mavsum “Valensiya” safida ijara asosida to‘p surdi va 33 bahsda ishtirok etib, 6 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!