
Rashid Qurbonovning raqibi nomi ma’lum bo‘ldi
Venriya poytaxti Budapesht shahrida sport kurashlari bo‘yicha Jahon chempionati bahslari davom etmoqda. Ushbu musobaqaning erkin kurash bo‘yicha -79 kg vazn toifasidagi sportchilar o‘rtasida dastlabki bellashuvlar o‘tkazildi.
Ushbu bahsda armanistonlik Grigor Grigoryan ruminiyalik Omarsahab Najmuddinovga qarshi gilamga ko‘tarildi. Murosasiz o‘tgan bahs esa 10:7 hisobida Armaniston vakilining foydasiga hal bo‘ldi.
Qayd etish lozim, ushbu bellashuv g‘olibi keyingi bosqichda hamyurtimiz Rashid Qurbonov bilan bahs olib boradi.
Fikrlar