
Premer Liga tarixidagi eng yaxshi zahira o‘yinchilari
Premer Ligada navbatdagi mavsum ham o‘z poyoniga etmoqda. Goal nashri Premer Liga o‘yinlarida zaxiradan maydonga tushib o‘yin taqdirini o‘zgartirishga erishgan futbolchilar o‘nligini tuzib chiqdi. Ulardan ko‘pchiligi futbol muxlislariga juda yaxshi tanish. E’tiboringizga eng kuchli “sehrli tayoqchalar” o‘nligini taqdim qilamiz.
- Robbi Kin – 13 gol
Yangi asrning dastlabki o‘n yilligida “Tottenxem” Robbi Kin bilan raqobatlasha oluvchi bir qator mohir hujumchilarga ega edi. Dimitar Berbatov, Jermeyn Defo, Darren Bent va Piter Krauchlar klub murabbiylarining tanlovdagi bosh og‘riqlaridan edi.
Kin 36 marta zaxiradan maydonga tushgan. O‘zining eng sermahsul mavsumida u 16 gol urishga erishgan.
- Viktor Anichebe – 13 gol
Anichebe Premer Ligada atigi 27 gol urgan va shu sababli ham uni bu ro‘yxatda ko‘rish biroz g‘alati.
29 yoshni qarshilagan hujumchi hali yana o‘z nomini tablolarga yozdirib qo‘yishi mumkin. Nigeriyalik futbolchi Premer Ligadagi o‘yinlarining 52 %da zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan. U “Everton”da eng yaxshi “sehrli tayoqcha” edi.
- Endi Koul – 13 gol
Koul “Manchester Yunayted”da York va Sheringemlar kabi asosiy tarkibga kirishda qiyinchilikka uchragan. SAF asosiy tarkibni tanlashda haqiqatdan juda qiynalgan.
Koul shunga qaramay Premer Liganing eng yaxshi to‘purarlari bahsida 3-o‘rinni egallaydi. U butun faoliyati davomida 85 marta zaxiradan maydonga tushgan.
- Daniel Starridj – 15 gol
Starridj “Liverpul”da gollar qalashtirib tashlashni boshlagan bir paytda jarohatlar girdobiga tushib qoldi va Premer Liga tarixidagi eng yaxshi hujumchi bo‘lish orzusini to‘xtatib qo‘ydi.
Jismoniy ko‘rsatkichlari sabab Starridjning Premer Ligadagi daqiqalari cheklab qo‘yildi va ayni vaqtda u vaqtini “Vest Bromvich”da ijarada o‘tkazmoqda.
- Piter Krauch – 16 gol
Ma’lum sabablarga ko‘ra eng yaxshi “B reja” bo‘lgan Krauch zaxiradan maydonga tushib 16 gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan.
Bo‘ydor hujumchi o‘yin oxirida charchab qolgan himoyachilarni havodagi xujumlarda engib chiqish taktikasi asosida o‘zini ko‘rsata olgan. U yaqinda buni “Vest Xem”ga qarshi bahsda ham yana bir bor isbotladi.
- Xaver Ernandes – 16 gol
Chicharitoning “Manchester Yunated” uchun o‘tkazgan o‘yinlarining yarmidan ko‘pida zahiradan tushirilgan. Super zahira vakili “qizil iblislar” uchun 16 gol kiritgan. 2013-yilda u har 90 daqiqada 0.95 gol kiritgan.
- Ole-Gunnar Solskyaer – 17 gol
“Super zaxira” vakili maqomi berilgan futbolchi “Manchester Yunayted”da 84 marta zaxiradan maydonga tushib 17 gol urishga erishgan.
Solskyaer 1999-yilda “Nottingem Forest”ga qarshi bellashuvda zaxiradan maydonga tushib rekord natija – “poker” urgan. Bunday ko‘rsatkich Premer Liga tarixida hamon rekord hisoblanib kelinmoqda.
- Nvankvu Kanu – 17 gol
Kanu Terri Anri va Dennis Bergkamplar davrida “Arsenal”da ikkinchi darajali hujumchi bo‘lgan bo‘lsada, u 1990-yillar oxirida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan. Kanu 155 uchrashuvning 118 tasida o‘yinga so‘ngradan qo‘shilgan.
- Olive Jiru – 19 gol
Jiru o‘tgan ikki yilda “Arsenal”ning eng yaxshi zaxira o‘yinchisi bo‘lgan. U “to‘pchilar” uchun 45 uchrashuvning 33 tasida o‘yinning yakuniy qismida tushirilgan.
U bu maqomini “Chelsi”da ham davom ettirmoqda. U o‘z mahoratini “Sautgempton”ga qarshi uchrashuvda takrorladi.
Frantsiyalik hujumchi endigina 31 yoshda va unda ushbu ro‘yxatning karvonboshisi bo‘lish imkoniyati bor.
- Jermeyn Defo – 24 gol
Defo faoliyatining ko‘pgina qismini “Tottenxem”ning ikkinchi darajali hujumchisi sifatida o‘tkazdi. Yuqorida sanab o‘tilgan super-hujumchilar davrida u kamdan-kam hollarda asosiy tarkibda tushirilardi.
Defo faoliyatining dastlabki davrida “Vest Xem”ning zaxira o‘yinchisi edi. U bu ishini keyingi jamoalarida ham davom ettirdi. Bundan tashqari u milliy terma jamoada ham bu ishni bajarar edi. Ayniqsa uning 2009-yilda Gollandiyaga qarshi uchrashuvdagi dubli hali ko‘pchilikning yodidan chiqmagan bo‘lishi aniq.
Erkinjon G‘aybullaev tayyorladi
Fikrlar