Podolski yapon klubi a’zosi sifatida rasman tanishtirildi (foto)

  • 6 iyul, 2017, 12:15
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor bundan bir necha kun avval Germaniya terma jamoasi sobiq futbolchisi Lukas Podolski yaponiyaning “Vissel Kobe” jamoasi bilan shartnoma imzolagani to‘g‘risida xabar bergan edik.

Tecno

Bugun yapon klubi 32 yoshli jahon chempionini o‘z futbolchisi sifatida rasman ommaga tanishtirdi. Nemis futbolchisi yangi jamoasida 10-raqam ostida to‘p suradi.

Eslatib o‘tamiz, “Vissel Kobe” Podolskini Turkiyaning “Galatasaroy” klubidan xarid qildi. Biroq, hozircha ushbu transferning yaponiyaliklarga qanchaga tushgani e’lon qilinmayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!