
Podolski: Men xozirgi Rossiya terma jamoasi a’zolarini bilmayman, lekin...
Germaniya terma jamoasi sobiq xujumchisi Lukas Podolski xozirgi Rossiya terma jamoasi haqida o‘z fikrini bayon etdi.
Siz malakatimizga ilgari ko‘p tashrif buyurgansiz, mamlakatimiz haqida ta’ssurootlaringiz qanday?
- Rossiyaga bundan 15 yil oldin Germaniyaning yoshlar jamoasi bilan tashrif buyurganimda, Moskvadan olaroq Sankt-Peterburgda ham bo‘lganman. Shuni takidlashim lozimki sayohlar uchun Rossiya tarixiy obidalarga boy, chiroyli mamlakatdir. Erta turib Moskvani aylangani chiqqanimda, yana bir bor shaxarning chiroyiga lol qoldim. Bu davlatda qancha odam futbolga qiziqishini bilmayman, ammo men aniq shuni aytaolamanki Jaxon chempionatidan keyin mamkalakatingizda futbol haqiqiy shov-shuvga aylanadi.
2010 yilda JCh pley-off bosqichlarida siz ikki marta Rossiyaning eng zur jamoasi bilan to‘qnash kelgansiz. Gus Xidding murabiylik qilgan terma jamoa haqida nima deb o‘ylaysiz?
-O‘sha vaqtdagi terma jamoa juda kuchli edi. Aytib o‘tishim lozimki, ikkala o‘yinda ham biz kichik xisob(2:1 va 1:0) bilan g‘alaba qozonganmiz. Shuni etirof etamanki, bugungi kundagi Rossiya terma jamoasi kimdan tashkil topganini bilmayman, lekin avvalroq Andrey Arshavin kabi yaxshi futbolchilar ko‘p edi.
Shu o‘rinda Arshavinni Rossiya yigirma yil ichida barpo etgan eng yaxshi xujumchi deb o‘ylayman, u bilan biz “Arsenal”da birga to‘p tepganmiz, shu qatori terma jamoa darvozaboni Akinfeev ham o‘zini yaxshi ko‘rsatgan.
Ehtimol xozirgi avlod futbolchilari o‘zlarini yaxshi kursatolmayatkandir, lekin yaqinlashayotgan mundial ularning o‘zlarini ko‘rsatish uchun juda yaxshi imkoniyat yaratadi. Ishonchim komilki, turnirdan so‘ng butun jaxon Rossiya futbol maktabi haqida yana gapirishni boshlaydi.
Fikrlar