PSJ yana bir jiddiy yo‘qotishga uchradi

  • 7 fevral, 2019, 13:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

PSJ klubi vingeri Marko Verratti yana jarohat oldi va u Chempionlar ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan "Manchester Yunayted"ga qarshi bahsni o‘tkazib yuborishi mumkin. Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Tomas Tuxel aytib o‘tdi.

"Marko jamoaning seshanba kungi mashg‘ulotlarida oxirigacha ishtirok eta olmadi. Uning bo‘lajak o‘yinlarda ishtirok etish yoki etmasligini bilish uchun vaqt kerak. Uning jarohati yangi va men bu borada etarli ma’lumotga ega emasman", - deydi germaniyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, "Manchester Yunayted" va PSJ jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 12 fevral kuni "Old Trafford"da bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!