
PSJ o‘z darvozaboni bilan shartnomani uzaytirdi
PSJ klubi o‘zining tvitterdagi rasmiy sahifasida darvozabon Alfons Areola bilan amaldagi shartnomani uzaytirdi.
Unga ko‘ra 25 yoshli posbon parijliklar bilan 2023 yilga qadar tuzilgan shartnomaga imzo chekdi.
Ma’lumot uchun, Areola asli PSJ tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va u 2016 yildan buyon asosiy jamoada to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum Frantsiya chempionatida jami 9ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z darvozasidan 6ta gol o‘tkazib yubordi.
Fikrlar