O‘zbekiston OTJ bugun Turkiyada Ruminiya klubiga qarshi o‘yin o‘tkazadi

  • 21 yanvar, 2019, 16:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi shu kunlarda Turkiyaning Antaliya shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazayotgani haqida xabar berib o‘tgandik. Mazkur yig‘in davomida bir qator nazorat uchrashuvlari o‘tkazilmoqda.
 
Jumladan, 18 yanvar kuni O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Antaliyada Ozarbayjonning "Keshla" klubiga qarshi nazorat o‘yinida maydonga tushdi. Mazkur o‘yinda 0:0 hisobi qayd etilgandi. Bugun Olimpiya terma jamoamiz Ruminiyaning "Mediash" klubiga qarshi nazorat o‘yini o‘tkazadi. Uchrashuv mahalliy vaqt bilan soat 17:00da, Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi.
 
Mazkur nazorat o‘yinlari orqali murabbiylar shtabi Olimpiya terma jamoasiga nomzod futbolchilarni sinovdan o‘tkazib, jamoani shakllantirish ishlarini olib borishmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!