O‘zbekiston MTJning Marokashga yo‘l oladigan tarkibi e’lon qilindi

  • 19 mart, 2018, 10:53
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Xabaringiz bor, shu yilning 23 va 27 mart kunlari O‘zbekiston milliy terma jamoasi safarda JCh-2018 ishtirokchilari Senegal va Marokash milliy terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasining murabbiylar kengashi mazkur o‘rtoqlik o‘yinlariga quyidagi futbolchilarni jalb qildi: 

Darvazabonlar:
Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”)
Botirali Ergashev (“Navbahor”)
Eldorbek Suyunov (“Paxtakor”)

Himoyachilar:
Rustamjon Ashurmatov (“Bunyodkor”)
Sherzod A’zamov (“Paxtakor”)
Anzur  Ismoilov  (“Chan Chun Yatay” Xitoy)
Islom  To‘xtaxo‘jaev (“Lokomotiv”)
Akrom Komilov (“Bunyodkor”)
Shuhrat Muhammadiev (“Lokomotiv”)
Akmal Shorahmedov (“Paxtakor”)

Yarim himoyachilar:
Odil Ahmedov (“Shanxay SIPG”, Xitoy)
Ikrom Aliboev (“Lokomotiv”)
Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”)
Sardor Mirzaev (“Lokomotiv”)
Fozil Musaev (“Jubilo Ivata”, Yaponiya)
Sardor Rashidov (“Lokomotiv”)
Odiljon Hamrobekov (“Nasaf”)
Otabek Shukurov (“Sharja”, BAA)
Jasur Yaxshiboev (“Paxtakor”)
Javohir Siddiqov (“Qo‘qon-1912”)

Hujumchilar:
Timurxo‘ja Abduxoliqov (“Al-Sayliya”, Qatar)
Marat Bikmaev (“Lokomotiv”)
Eldor Shomurodov (“Rostov”, Rossiya)                 

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugundan yig‘inlarga kirishdi. Terma jamoa futbolchilar poytaxtimizdagi “Miran” mehmonxonasida joylashgan holda, “Paxtakor” stadionida mashg‘ulot olib boradi. Ertaga tongda soat 09:15da milliy terma jamoa a’zolari Istambulga uchishadi. U erda bir kun mashg‘ulot olib borib, keyin Marokashga yo‘l olishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!