
Osiyo Kubogi-2019. O‘zbekiston guruh bosqichida qanday o‘ynadi?
Xabaringiz bor, ayni vaqtda BAA yashil maydonlarida Osiyo Kubogi - 2019 musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Kuni kecha turnirning guruh bosqich bahslari o‘z nihoyasiga etdi.
Vakillarimiz BAAga yangi murabbiy bilan borishdi. Osiyo Kubogiga qadar o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvlaridan keyin terma jamoamizga nisbatan muxlislarning ishonchi so‘ngani ham bor gap. Turnir boshlanish arafasida barchamiz Ummondan ham hadiksirab turdik, sababi Ummon garchi favorit bo‘lmasada, biz uchun eng noqulay raqiblardan sanalardi. Ilk turdayoq biznikilar havotirlarimiz asosli ekanini "isbotlab" berishdi. Ummon bilan o‘yinda Ahmedovning zargarona goli, Nesterovning mahorati, Kuperning zahira kuchlaridan foydalanish borasidagi topqirligi va so‘nggi daqiqadagi Krimetsning o‘zini "qurbon qilishi" evaziga 3 ochkoga ilinib oldik.
Birinchi turdagi nochor o‘yindan so‘ng 2-tur oldidan havotirlar alangaladi. Sababi raqib Yaponiyaga 2 ta gol urgan Turkmaniston edi... Ammo Ektor Kuper shogirdlari bu gal hujumkor futbol namoyish etib raqibga imkon qoldirmagan holda yirik hisobda g‘alaba qozonib, muddatidan avval chorak final masalasini hal qilishdi...
3-tur o‘yinlari faqat guruhlarda 3- o‘rinni egallagan jamoalar uchungina "hayot-mamot janggi" bo‘ldi deyish mumkin, chunki 1-2-o‘rinni egallagan jamoalar allaqachon nimchorak final masalasini hal qilishgan va ulurga 3-turdagi natija raqib tanlash imkonini berar edi. shu vajdan 3-turda kuchli jamoalar ishtirokida "yarq" etib ko‘zga tashlanadigan o‘yin ko‘rmadik desak ham bo‘laveradi. So‘nggi turda Yaponiyaga qarshi maydonga tushgan O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinida ham xotirjamlikni ko‘rdik, yaponlar ham o‘yingga katta kuch tashlamadi. O‘yinda biz hisobni ochgan bo‘lsakda yakunda 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldik. Natijada chekimizga Avstraliya tushdi... Na chora, boshga tushganni ko‘z ko‘radi.
3-turdagi mag‘lubiyat terma jamoamizni guruhdagi ikkinchi o‘ringa tushirib yubordi. Xo‘sh, guruh bosqichida biz qanday o‘ynadik? Quyida sizga O‘zbekistonning guruh bosqichidagi umumiy ko‘rsatgichlarini taqdim etamiz.
Gollar...
Guruhda 3 ta o‘yin o‘tkazgan hamyurtlarimiz raqiblari darvozasiga jami 7ta gol urgan holda, o‘z darvozalaridan 3ta to‘p olib chiqishdi. To‘plar nisbati esa +4.
Terma jamoamiz tomonidan kuiritilgan gollarga Eldor Shomurodov, Odil Ahmedov, Jaloliddin Masharipov va Javohir Siddiqovlar mualliflik qilishdi.
Odil Ahmedov terma jamoamizning ushbu turnirdagi ilk goliga mualliflik qilgan bo‘lsa Eldor Shomurodov musobaqadagi debyutidayoq o‘z hisobiga 4ta gol yozdirib qo‘yishga ulgurdi.
Zarbalar...
Terma jamoamiz guruh bosqichida jami 28 bor raqiblar darvozasiga zarba yo‘lladi. Shularning teng yarmi, ya’ni 14tasi darvozaga aniq yo‘llangan zarbalardir.
Vakillarimiz Turkmanistonga qarshi o‘yinda eng ko‘p zarba yo‘llashdi, 15ta shundan 11tasi darvozaga aniq yo‘llangan!
Eng kam zarbalar esa Ummon bilan o‘yinda kuzatildi, jami 6ta shulardan 3tasi aniq...
Qoida buzishlar...
Vakillarimiz guruh bosqichini intizomli o‘tkazdi deyish mushkul, chunki o‘tgan uch o‘yinda hamyurtlarimiz 39 bor raqiblarga nisbatan qoida buzishgan, bu bir o‘yinda o‘rtacha 13ta demakdir.
Ektor Kuper shogirdlari ishtirokidagi eng ko‘p qo‘pollik Yaponiyaga qarshi o‘yinda kuzatildi, 18ta, eng kami esa Turkmanistonga qarshi o‘yinda sodir etildi, 10ta.
Shuningdek, terma jamoamizga qarshi o‘yinlarda raqiblar 35 bor vakillarimizga nisbatan o‘yin qoidasini buzishdi. Hamyurtlarimizga qarshi o‘yinda eng ko‘p qo‘pollik ishlatgan jamoa esa Yaponiya terma jamoasi bo‘ldi, 13 ta.
Kartochkalar...
Guruh bahslarida vakillarimiz 5 bor hakam tomonidan ogohlantirildi va bir marta maydondan chetlatildi.
Farruh Sayfiev, Ignatiy Nesterov, Anzur Ismoilov, Egor Krimets va Jaloliddin Masharipovlar hakam tomonidan bir martadan ogohlantirish olishgan. Bu futbolchilar orasida Egor Krimets esa ilk o‘yindayoq raqib hujumini qo‘pollik evaziga to‘xtatib qolgani uchun maydondan chetlatilgan.
Shuningdek, vakillarimiz 3 o‘yinda 3 bor o‘yindan tashqari holatda qolishgan va 16 bor burchak zarbalarini amalga oshirishgan.
Quyida ushbu statistik ma’lumotlarni kompakt talqinini ko‘rishingiz mumkin:
Fikrlar
Ertaga nima bo‘lsa xam g‘alaba kerak biz. Faqat Kuper emas o‘yinchilar xam yaxshi o‘ynashi kerak
ammo bu statistika to'g'ri kelmayapti masalan aniq zarbalar 14 ta deb yozilgan 11 tasi turkmanistonga, 3 tasi ummonga
xo'sh bundan kelib chiqadiki biz yaponiyaga aniq zarba bermabmiz, urilgan go'l avtogol bo'lsa kerak