OChL-2019 guruh bosqichiga qur’a tashlandi

  • 22 noyabr, 2018, 14:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni damda Malayziya poytaxti Kuala Lumpur shahrida joylashgan OFK qarorgohida Osiyo Chempionlar ligasining 2019 yilgi mavsum guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

Tecno

O‘zbekiston delegatsiyasi ham OFK bosh qarorgohiga etib keldi. Ular orasida kelgusi yil OChLda ishtirok etadigan "Lokomotiv", "Paxtakor" va AGMK klubi vakillari ham bor.

44

Qur’a tashlash marosimi boshlanmoqda.

OFK bosh kotibi Dato Uindsor Jon so‘zga chiqdi. U OChLning yangi mavsum oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashmoqda.

OChL-2019ning o‘tkazilish tizimi barchaga eslatib o‘tilmoqda.

AGMK jamoasi agar saralashdan muvaffaqiyatli o‘tsa, yakunda “A” guruhidan o‘rin oladi.

O‘zbekiston vitse-chempioni esa raqiblaridan ustun kelsa, guruh bosqichida “D” guruhidan o‘rin egallaydi.

O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritadigan jamoa to‘g‘ridan-to‘g‘ri guruh bosqichidan ishtirokini boshlaydi. Superliga g‘olibi OChL-2019da “B” guruhidan joy olishi ko‘zda tutilgan.

"A" guruhi:  "Al Vasl" (BAA), "Al Zavra" (Iroq), Qatar/Eron/Iordaniya/Quvayt
Saudiya Arabistoni/O‘zbekiston/Tojikiston

"B" guruhi: Al Ittihod (Saudiya Arabistoni), Al Vahda (BAA), O‘zbekiston chempioni, Pley off g‘olibi (Qatar, Eron, Hindiston)

"C" guruhi: "Al Duhayl" (Qatar), "Al Ayn" (BAA), "Al Hilol" (Saudiya Arabistoni), "Istiqlol" (Eron).

"D" guruhi: "Persepolis" (Eron), "Al Sadd" (Qatar), "Al Ahli" (Saudiya Arabistoni), O‘zbekiston/BAA/Iroq.

Yuqorida O‘zbekistonga "1+2" kvotasi berilgani haqida aytib o‘tdik. Endi O‘zbekiston vitse-chempioni va mamlakat kubogi sohibi guruh bosqichiga chiqish uchun quyidagi bosqichlardan o‘tishi lozim:

O‘tish bosqichi, 12 fevral

O‘zbekiston vitse-chempioni – “Eyr Fors” (Iroq)

AGMK – “Istiqlol” (Tojikiston)

Pley off bosqichi, 19 fevral

“Al Nasr” (BAA) - O‘zbekiston vitse-chempioni / “Eyr Fors” (Iroq)

“Al Nasr” (Saudiya Arabistoni) – AGMK / “Istiqlol” (Tojikiston)

77

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!