No‘’mon Hasanov: Muxlislarimizni ranjitib qo‘ydik

  • 16 mart, 2018, 21:13
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun O‘zbekiston Superligasida 3-tur o‘yinlari start oldi. Bu tur "Metallurg" o‘z maydonida "Qo‘qon-1912"ni qabul qildi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

Mazkur bellashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida qo‘qonliklar ustozi No‘’mon Hasanov ishtirok etdi va o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda "Qo‘qon-1912" jamoasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

"Bekobodliklarni bugungi g‘alaba bilan tabriklayman. Maydonda teng kurash kechdi. Bugun mezbonlar jasorat ko‘rsatishib, bitta to‘p farqi bilan g‘alaba qozonishdi. “Metallurg”ga keyingi bahslarda omad tilayman.

O‘zimizning jamoa xususida gapiradigan bo‘lsam, gol o‘tkazib yuborgach, futbolchilarimiz o‘z pozitsiyalarini tashlab hisobni tezroq tenglashtirish uchun biroz shoshilib qolishdi. Oldinda ko‘p vaqt borligi ham ularni shunday o‘ynashlariga sabab bo‘ldi. Futbolda bunday holatlar kechirilmaydi. To‘g‘ri ular maydonda bor kuchlarini berib o‘ynashdi. Ularga bu tarafdan e’tirozim yo‘q. Xatolarimiz ustida ishlashni davom etamiz.

Eng yomoni muxlislarimizni ranjitib qo‘ydik. Hali oldinda o‘yinlar bor, ularni albatta xursand qilamiz", - deb aytib o‘tdi Hasanov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!