
Neymar Pelening rekordini yo‘qqa chiqaradi
Braziliya terma jamoasi safida eng ko‘p - 142 ta uchrashuv o‘tkazgan himoyachi Kafu "Barselona" hujumchisi Neymar braziliyalik futbol qiroli Pelening uzoq yillik rekordini yangilamoqchi ekanini oshkor qildi.
- Barcha rekordlar yangilanishi uchun mavjud, - deydi Kafu. - Neymar hali yosh va ko‘p gol urmoqda. Agar u shu tarzda o‘ynayversa Pelening Braziliya terma jamoasi safida eng ko‘p gol urish bo‘yicha o‘rnatgan rekordini yangilaydi.
Pele mamlakat bosh jamoasida 14 yil faoliyat ko‘rsatgan va 92 ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvozasiga 77 ta gol urgan. 2010 yildan buyon Braziliya terma jamoasida to‘p surayotgan Neymar 75 ta uchrashuvda 50 ta gol urdi.
Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Neymar hozircha Pele, Ronaldo va Romariodan ortda. Lekin endi 25 yoshga to‘lgan Neymar tez orada Braziliya terma jamoasining eng yaxshi to‘purariga aylanish imkoniyatiga ega.
Fikrlar