"Nasaf"-"Al-Faysali" o‘yin oldi tadbirlari ma’lum

  • 29 yanvar, 2018, 10:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ertaga bo‘ladigan “Nasaf” – “Al Faysaliy” uchrashuvi oldidan bugun matbuot anjumani va o‘yinoldi rasmiy mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tadi, deya klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tecno

O‘yinoldi matbuot anjumanining soat 11:00da boshlanadigan dastlabki qismida, "Nasaf"ustozi Ro‘ziqul Berdiev va himoyachimiz Maqsud Karimovlar ishtirok etishadi.

“Nasaf”ning o‘yinoldi rasmiy mashg‘uloti soat 15:00da boshlanadi.

“Al Faysaliy” jamoasining o‘yinoldi rasmiy mashg‘uloti esa soat 16:00da boshlanadi.

Jurnalistlarga rasmiy mashg‘ulotlarning dastlabki 15 daqiqasini kuzatish imkoniyati beriladi.

“Al Faysaliy” klubi vakillari ishtirokidagi matbuot anjumani esa soat 17:00da boshlanadi.

Ushbu tadbirlarda "Nasaf" tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan jurnalistlar ishtirok etishlari mumkin.

Akkreditatsiyadan o‘tgan jurnalistlarga, ruxsatnomalar bugun, 29 yanvar dushanba kuni soat 10:30dan boshlab “Markaziy” stadionda tarqatiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!