
"Napoli" 19 yoshli ukrainalik darvozabonga qiziqish bildirmoqda
Luganskning "Zarya" klubi darvozaboni Andrey Lunin faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.
Football Italia tarqatgan xabarga ko‘ra 19 yoshli ukrainalik posbonga "Napoli" klubi jiddiy qiziqish bildira boshlagan. Eslatib o‘tish lozimki neapolliklarning asosiy darvozaboni Pepe Reyna tez orada jamoani tark etadi.
Ma’lumot uchun, Lunin joriy mavsum jami 36ta uchrashuvda maydonga tushgan va shularning 9tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.
Fikrlar