
Musa qishda "Lester"ni tark etishi mumkin
Angliyaning “Lester” klubi hujumchisi Ahmad Musa qishki transferlar chog‘ida jamoadan ketishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Sun nashri xabar tarqatdi.
Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra 25 yoshli nigeriyalik futbolchining xizmatlariga “Xall Siti” klubi qiziqish bildirmoqda. Aytish lozimki, ushbu jamoada Musaning TsSKAdagi ustozi Leonid Slutskiy faoliyat olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, Musa joriy mavsum premer-liganing birorta ham uchrashuvida ishtirok etmadi.
Fikrlar