Murod Xolmuhammedov: Bugun omadimiz kelmadi

  • 16 mart, 2018, 21:41
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun O‘zbekiston Superligasida 3-tur o‘yinlari start oldi. Bu tur "Metallurg" o‘z maydonida "Qo‘qon-1912"ni qabul qildi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

Mazkur o‘yindan so‘ng qo‘qonliklar futbolchisi Murod Xolmuhammedov uchrashuv borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Bugun Bekobodga faqat g‘alaba uchun kelgandik. Lekin o‘yin boshida o‘tkazib yuborilgan gol rejalarimizni buzib yubordi. Bugun vaziyatni o‘nglash uchun qo‘limizdan kelgancha harakat qildik. Lekin omadimiz kelmadi.

Bugun bizni qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman. Keyingi uchrashuvlarda g‘alaba qozonib ularni xursand qilishga harakat qilamiz", - deb aytib o‘tdi Xolmuhammedov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!