
"Monako" rahbariyatining qarori barchani hayron qoldirishi aniq. Chunki...
"Monako" klubi bosh murabbiyi Terri Anri iste’foga chiqishga yaqin turibdi. Bu haqda The Mirror nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra 41 yoshli mutaxassisning iste’fosi yaqin 2 kun ichida ma’lum bo‘ladi.
Ta’kidlash kerakki, Anri jamoa boshqaruviga o‘tgan yilning 13 oktyabr kuni kelgan edi. O‘tgan davr mobaynida esa "Monako" uning qo‘l ostida 20ta o‘yin o‘tkazdi va shularning bor yo‘g‘i 4tasida g‘alaba qozondi, 5 marta durang qayd etdi va 11 marta mag‘lub bo‘ldi. Shu bois jamoa rahbariyati uning faoliyatidan norozi bo‘lmoqda.
E’tiborlisi, Anrining o‘rniga yana jamoaning bundan avvalgi ustozi Leonardu Jardim kelishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, "Monako" Frantsiya chempionatining ortda qolgan 21ta tur yakunlariga ko‘ra 15 ochko bilan musobaqa jadvalida 19-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar