
“Monako” bugun Jardimni iste’foga chiqarishi kutilmoqda
“Monako” futbol klubi yaqin vaqt ichida jamoadagi kadrlash o‘zgarishi borasida press-reliz chiqaradi. Bu haqda Get French Football News xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, klub bosh murabbiyi Leonardu Jardim o‘z lavozimidan ozod etiladi. Portugaliyalik mutaxassis monegasklarni 2014 yildan buyon borqarib kelayotgan edi.
“Monako” klubini boshqarish uchun asosiy nomzodlar sifatida frantsiyalik mutaxassis Teri Anri va italiyalik Klaudio Raneri ko‘rsatilgan.
Frantsiya chempionati 9-turidan keyin “Monako” atigi 6 ochko bilan turnir jadvalining 18-pog‘onasida bormoqda. Mazkur natija 1973 yildan buyon eng yomoni sifatida qayd etildi.
Fikrlar