
"Milan" "Fiorentina" futbolchisini tekinga o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
"Milan" mavsumlar oralig‘ida "Fiorentina" yarim himoyachisi Milan Badel bilan shartnoma imzolamoqchi.
Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “rossonerilar” 29 yoshli xorvatiyalik futbolchini bir oydan so‘ng, ya’ni uning “binafsharanglilar” bilan shartnomasi tugab, erkin agentga aylangan o‘z safiga qo‘shib olishmoqchi.
Qayd etish lozimki, Badelga shuningdek “Latsio” klubi ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Milan” bungacha yozda shartnomasi tugaydigan darvozabon Pepe Reyna (“Napoli”) va himoyachi Ivan Strinichlar (“Napoli”) bilan ham kelishuvga erishgan edi.
Fikrlar