"Metallurg" ustozi: Yurtimizdagi eng yaxshi 5 stadiondan biri Bekobodda joylashgan

  • 16 mart, 2018, 21:24
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun O‘zbekiston Superligasida 3-tur o‘yinlari start oldi. Bu tur "Metallurg" o‘z maydonida "Qo‘qon-1912"ni qabul qildi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

Mazkur bellashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida bekobodliklar ustozi Andrey Shipilov ishtirok etdi va o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda "Qo‘qon-1912" jamoasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

"Bugun har ikki jamoa ham ajoyib o‘yin namoyish etishdi. Tezkor gol kiritganimiz qolgan daqiqalarda erkin harakat qilishimiz uchun zamin yaratdi. Hisobga olinmagan gollarimizdan bittasi haqqoniy gol edi menimcha.

Yoritgichlar haqida aytadigan bo‘lsam vaziyat yaxshi tomonga o‘zgarib bormoqda. Bizda maydon yaxshi. O‘zbekistonning eng yaxshi beshta stadionlaridan biri Bekobodda joylashgan, deyish mumkin", - deb aytib o‘tdi Shipilov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!