
Maradona: "Napoli" Italiya chempioni bo‘lishi mumkin
"Napoli" klubi va Argentina terma jamoasi afsonasi Diego Maradona joriy mavsum sobiq jamoasida A Seriya chempionligini qo‘lga kiritish uchun imkoniyat bor deb hisoblamoqda.
“Napoli” Italiya chempioni bo‘lishi mumkin. Shaxsan men klub skudettoni qo‘lga kiritishiga ishonaman. Hozirgi “Napoli” menga huddi o‘zim o‘ynagan davrdagi “Napoli”ni eslatib yubormoqda”, - deydi futbol yulduzi La Gazzetta dello Sport nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tish lozimki, “Napoli” so‘nggi bor 1990 yilda chempionlikni tantana qilgan. Ayni damda esa musobaqaning 29 tur yakunlariga ko‘ra neapolliklar 73 ochko to‘plagan holda peshqadam “Yuventus”dan bor yo‘g‘i 2 ochko ortda qolishmoqda va 2-o‘rinni egallab turishibdi.
Fikrlar