
"Manchester Siti" Emre Jan uchun kurashga qo‘shildi
Joriy mavsum so‘nggida erkin agentga aylanadigan “Liverpul” yarim himoyachisi Emre Jan yana bir top klubning e’tiboriga tushdi.
Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 23 yoshli germaniyalik futbolchiga “Bavariya” va “Yuventus”dan tashqari “Manchester Siti” ham kurash boshladi. “Shaharliklar” bu borada Janga yillik 4,5 mln evro maosh taklif qilgan Turin super klubini ortda qoldirmoqchi va futbolchiga yanada yaxshiroq taklif bilan murojaat qilmoqchi.
Ta’kidlash lozimki, mersisaydliklar Germaniya terma jamoasi a’zosi bilan yangi shartnoma imzolashdan bosh tortishdi va shu bois u yozda katta ehtimol bilan erkin agentga aylanadi.
Fikrlar