
"Lokomotiv" jahon chempionlariga qarshi o‘ynadi
"Lokomotiv" futbol klubi tomonidan dasturxon yozildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda. Unda klub vakillari va mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari birgalikda milliy taomimiz bo‘lgan osh tanovul qilishdi.
Shundan keyin 5 nafar futbolchiimiz bilan quvnoq savol-javob o‘tkazildi. Unda Marat Bikmaev, Sardor Rashidov, Ignatiy Nesterov, Anzur Ismoilov va Kaxi Maxaradze futbolga kirib kelishi, futboldagi hayoti haqida gapirib berdi.
Kim yaxshi o‘ynaydi? Marat Bikmaevmi yoki Sardor Rashidov?
Sardor Rashidov: "Marat"
Marat Bikmaev: "Ana bildingizmi kim yaxshiligini?
Tadbir yakunlandi. Shundan so‘ng Mehribonlik uylari o‘rtasida bo‘lgan jahon chempionatining g‘oliblari va O‘zbekiston chempionatining amaldagi chempioni o‘rtasida kichik futbol o‘yini bo‘lib o‘tdi. "Lokomotiv" yosh jahon chempionlarni mag‘lub eta olmadi, 1:1.
So‘ng "Lokomotiv" 23-sonli mehribonlik uyiga tarbiyalanuvchilariga sovg‘alar taqdim qildi. Albatta, esdalik uchun suratlarga tushildi va futbolchilar yoshlarga o‘z dastxatlarini ayamadi.
Fikrlar