
"Liverpul"ning 3 nafar futbolchisi "Brayton"ga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi
“Liverpul” klubining 3 nafar futbolchisi APLning navbatdagi turida “Brayton”ga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi.
Bular himoyachilar Deyan Lovren va Jo Gomes, shuningdek yarim himoyachi Adam Lallanalardir. Lovren 19 yanvar kuni “Kristal Pelas”ga qarshi bo‘ladigan uchrashuvgacha sog‘ayishi kutilmoqda.
Shu bilan birga Joel Matip va Jordan Xenderson kabi futbolchilarning safga qaytganini ham aytish lozim.
Eslatib o‘tamiz, “Brayton” – “Liverpul” uchrashuvi 12 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar