
"Liverpul" hujumchisining uyini so‘nggi 1,5 yil ichida 2-marta o‘g‘ri urdi
"Liverpul" forvardi Sadio Manening uyini o‘g‘ri urdi. Ma’lum bo‘lishicha voqea mersisaydliklarning EChL 1/8 final bosqichi doirasida "Bavariya"ga (0:0) qarshi kechgan o‘yin paytida sodir etilgan.
Liverpool Echo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra o‘g‘rilar senegallik futbolchining uyidan qo‘l soatlari, mobil telefonlar va avtomobil kalitlarini olib ketishgan.
Politsiya esa ushbu holat yuzasidan ish ochgan va jinoyatchilarni qidirish ishlarini olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bu Manening uyida amalga oshirilgan birinchi o‘g‘irlik emas. 2017 yilning noyabrida “Liverpul”ning EChL doirasida “Maribor”ga qarshi bahsi kuni Manening uyiga o‘g‘rilar hujum qilishgan edi.
Fikrlar