"Liverpul" darvozaboni bilan xayrlashishga tayyor

  • 23 avgust, 2018, 15:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” klubi darvozaboni Loris Karius yozgi transferlar mavsumi yakuniga qadar jamoani tark etishi mumkin, deya xabar beradi Mirror nashri. Manbada yozilishicha, “qizillar” ustozi Yurgen Klopp 25 yoshli futbolchining jamoani tark etishiga qarshi emas.

Tecno

Hozirda bu futbolchiga “Beshiktosh” klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Turk klubi Kariusni ijaraga olishni istamoqda. Agar kelishuv amalga oshadigan bo‘lsa, Simon Minole “Liverpul”da Alissondan keyingi ikkinchi raqamli darvozabonga aylanadi.

Karius “Liverpul” safida 2016 yil yozidan beri to‘p surib kelmoqda. Uning “qizillar” bilan tuzgan amaldagi kelishuvi 2021 yilgacha mo‘ljallangan. Transfer narxi 10,8 million funtga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!