
"Liverpul" A Seriyaning eng kuchli ikki darvozabonidan birini sotib oladi
Angliyaning "Liverpul" klubi mavsumlar oralig‘ida o‘zining darvoza chizig‘ini mustahkamlamoqchi.
Daily Mirror nashri tarqatgan xabarga ko‘ra mersisaydliklar bu borada A Seriyaning ikki eng kuchli darvozabonlari nomzodiga to‘xtashdi. Ular yozda “Napoli”dan Pepe Reyna yoki “Roma”dan Alissonni sotib olishni rejalashtirishmoqda.
Ta’kidlash kerakki, Reyna uchun “Liverpul” begona emas. U 2005-2014 yillarda aynan mana shu jamoa sharafini himoya qilgan. Ma’lumot uchun, 35 yoshli ispaniyalik darvozabonning neapolliklar bilan amaldagi shartnomasi mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi.
“Roma” esa braziliyalik posbonini 50 mln evroga baxolamoqda.
Fikrlar