
Kris Smolling: “MYu”dan yana qo‘rqa boshlashdi
“Manchester Yunayted” jamoasi himoyachisi Kris Smolling Angliya chempionatidagi klublar “qizil iblislar”dan yana qo‘rqa boshlaganini ma’lum qildi.
“MYu” o‘yinlarini ko‘rish yana qiziq bo‘lmoqda. Hatto mening oilam va yaqinlarim, shuningdek ko‘chada uchraydigan odamlar jamoaning o‘yinida o‘zgarish bor ekanini aytishmoqda.
“Manchester Yunayted”dan qo‘rqa boshlashdi? Shunga umid qilaman va ki bu haqiqat deb hisoblayman. So‘nggi ikki oyda ancha ishonch bilan to‘p suryapmiz.
“Old Trafford”ga kelayotgan klublarning qo‘rquvini his qilamiz. Avvallari ular g‘alaba uchun kelishardi, endi esa durang ham ular uchun katta natija”, – dedi angliyalik himoyachi.
Fikrlar