Jardim "Monako" tarkibini qisqartirmoqchi

  • 30 yanvar, 2019, 13:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Monako” klubi bosh murabbiyi Leonardu Jardim jamoa tarkibida o‘zgarish qilishni rejalashtirmoqda.

Tecno

“Klub yana qandaydir transferlarni amalga oshirishini istisno qilmayman. Men “Monako” rahbariyatidan jamoa tarkibini qisqartirishni so‘radim. Jamoada maydonga kam tushayotganidan noliydigan futbolchilar ko‘p bo‘lishini xohlamayman. Bundan tashqari biz tarkibni kuchaytirishimiz kerak.

Yuqoridagi masalalar yuzasidan so‘nggi so‘zni rahbariyat aytadi. Chunki bu faqat mening xohishim. Biz hammamiz “Monako” yaxshi futbol ko‘rsatishini istaymiz”, - deydi portugaliyalik mutaxassis.

Ma’lumot uchun, “Monako” ayni damda Frantsiya chempionatida jami 15 ochko bilan 19-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!