
Italiya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi yana ishsiz qoldi
70 yoshli mutaxassis Verona jamoasida 10 oktyabrda ish boshlagan edi va bir oy o‘tar-o‘tmas yana ishsiz qoldi. Ventura boshqaruvida "Kevo" 3 o‘yinda mag‘lub bo‘ldi va 1 uchrashuvda durang natijani qayt etdi.
A Seriyada ortda qolgan 12 turdan so‘ng jamoa 0 ochko bilan so‘nggi pog‘onani egallab turibdi. Aslida "Kevo" 3 ta bellashuvda durang o‘ynagan, ammo mavsum avvalida klubdan 3 ochko olib qo‘yilgan.
Eslatib o‘tamiz, Ventura Italiya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi sanaladi. Uning qo‘l ostida "moviy gvardiya" JChga chiqa olmagan edi.
Fikrlar