“Inter” yangi murabbiyini rasman e’lon qildi

  • 9 iyun, 2017, 20:31
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyaning “Inter” klubi rasmiy sayti Luchano Spaletti bosh murabbiy etib tayinlanganini e’lon qildi. “Roma” klubing sobiq murabbiyi “neradzurrilar” bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.

Tecno

58 yoshli mutaxassisning rasmiy tanishtiruv marosimi 14 iyunda bo‘lib o‘tadi. 3 iyunda esa jamoa bilan ilk mashg‘ulotini o‘tkazadi.

Ilgariroq, Spaletti “Inter”da yiliga 4 mln evro maosh olishi haqida xabarlar chiqqan edi. Spalettining so‘nggi ish joyi bu “Roma” bo‘ldi. O‘tgan yilning yanvar oyida “bo‘rilar”ni qabul qilib olgan Spaletti ushbu mavsum yakunlanganidan so‘ng jamoani tark etgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!