
Inesta so‘nggi el-klasikosidagi libosini Ramosga sovg‘a qildi (foto)
Madridning “Real” klubi himoyachisi Serxio Ramos “Barselona”ga (2:2) qarshi bo‘lib o‘tgan el-klasikodan so‘ng kataloniyaliklar sardori Andres Inestadan esdalik sovg‘asini qabul qilib oldi.
Ramos o‘zining tvitterdagi sahifasiga Inestaning so‘nggi el-klasikosida harakat qilgano‘ynagan libosini joylashtirdi. Ushbu libosga esa quyidagi so‘zlar yozilgan edi: “Do‘stim Serxio, raqib sifatida birgalikda o‘tkazgan xotiralar uchun rahmat. Senga omad”.
“Bu safargi klasiko maydondagi holatlardan tashqari Inesta nomi bilan bog‘liq bo‘lib qoladi. Seni sog‘inamiz do‘stim”, - deya Ramos ushbu suratga izoh qoldirdi.
Eslatib o‘tamiz, endi Inesta faoliyatini Yaponiyaning “Vissel Kobe” jamoasida davom ettiradi.
Fikrlar