
Indoneziyadagi legionerlarimiz soni yana bittaga ortdi (Video)
Guseynov Indoneziyaning "Borneo" jamoasi bilan bir yillik bitimga imzo chekdi.
Klub prezidenti Nabil Xusayn Said Amin hamyurtimiz haqida iliq fikrlarni bildirib o‘tdi.
"Javlon Guseynovni jamoamiz a’zosiga aylangani bilan tabriklayman. U bizning safimizda bir yil bo‘ladi va yaqin kunlarda klub ixtiyoriga etib keladi.
Uni bizga italiyalik jamoa bosh murabbiyi Fabio Lopes tavsiya etdi. U bizning o‘yin uslubimizga mos futbolchi. Ayniqsa, uning uzun paslari juda ajoyib, qolaversa Javlon Janubi-Sharqiy Osiyo futbolchi bilan ham yaxshi tanish.
Umid qilamanki, Guseynov o‘zining yaxshi o‘yinlari bilan jamoamizga g‘alabalar keltiradi", - dedi prezident.
Ma’lumot uchun, "Borneo" klubi 2014 yilda tashkil etilgan. Jamoa Samarinda shahri sharafini himoya etadi. O‘tgan mavsumda Indoneziya oliy divizionida 7-o‘rinni egallagan.
Eslatib o‘tamiz, Indoneziyaning "Arema" jamoasida yana bir hamyurtimiz Pavel Smolyachenko ham faoliyat olib boradi.
Fikrlar