Gadoev antiqahramonga aylandi

  • 3 iyun, 2018, 22:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Janubiy Koreyada nufuzi jihatidan ikkinchi o‘rinda turadigan K Liga-2 da 14-tur o‘yinlari davom ettirildi. Hamyurtimiz Shoxrux Gadoev faoliyat  olib boradigan “Tedjon Sitizen” klubi o‘z maydonida “Gvangyu”ni qabul qildi.

Tecno

Mazkur o‘yinda mehmonlar 2:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Gadoev o‘yinni  asosiy tarkibda boshladi va 51-daqiqada hakam tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochkaga loyiq ko‘rildi. Bu vaqtda bellashuvda hali hisob ochilgani yo‘q edi.

85-daqiqada Kim Sen Seop mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsada, g‘alabani ushlab qolish ularga nasib etmadi. Jamoa hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda 2 ta gol o‘tkazib yubordi va alamli mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.

Bugungi natijadan so‘ng “Tedjon” jamg‘argan ochkolar soni 16 taligicha qoldi va jamoa turnir jadvalida 7-o‘rinda bormoqda.

K Liga-2. 14-tur

“Tedjon Sitizen” – “Gvangyu” 1:2.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!