Gabriel Batistuta: Messi hech qachon Maradona bo‘la olmaydi

  • 24 mart, 2018, 13:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentina terma jamoasi sobiq hujumchi Gabriel Batistuta hamyurtlari Lionel Messi va Diego Maradonalarni o‘zaro taqqosladi.

Tecno

“Diego eng zo‘ri bo‘lgan. U futboldan tashqarida ham Argentina terma jamoasi ramzi edi. U o‘zgacha harakterga va noyob fikrlash qobiliyatiga ega. Messi texnika jihatidan undan kuchli bo‘lsa ham, unga eta olmaydi. Chunki, unda Maradonaning harakteri yo‘q. Diego butun stadionni boshqarishi mumkin edi va hamma uni kuzatardi. U bilan birga o‘ynagan futbolchi sifatida aytishim mumkinki, Maradonaning ba’zi qarorlari jamoa uchun muhim ahamiyat kasb etar edi.

Messining texnikasiga aslo shubha qilmayman. U hammadan ko‘p gol uradi. Lekin men uchun Diego birinchi o‘rinda turadi va Messi hech qachon Maradona bo‘la olmaydi”, - deydi Batistuta.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!