
Futzal. Super Liga bahslariga qur’a tashlandi
Futzal bo‘yicha havaskor jamoalar o‘rtasida o‘tkaziladigan "Super Liga" bellashuvlarining 2016-2017 yilgi mavsumiga start berildi. Bu safar ham musobaqada o‘tgan yilgidek 14ta jamoa g‘oliblik uchun kurash olib boradi. Bu yil amaldagi chempion "Prodigy" ishtirok etmaydi. "Eriell", "Oltin Tepa", "Guliston" va "Five Star" jamoalari esa yangi ishtirokchilar hisoblanadi. "Eriell" ikki yil oldin chempion bo‘lgan va o‘tgan mavsum uchrashuvlarda ishtirok etmagan edi.
Quyida "Super Liga" 2016-2017 yilgi mavsumining dastlabki tur o‘yinlari taqvimini keltirib o‘tamiz.
Super Liga
18.12.2016
1-tur
"O‘zsanoatqurilishbank" - "Govoryashchie rukami"
"All Brands" - "DHL"
"Enter Engineering" - "SAS"
"Oltin Tepa" - "Eriell"
"O‘zDTV" - "Five Star"
"New Line" - "Vostok"
"Guliston" - "Istiqlol"
O‘FA matbuot xizmati
Fikrlar