Fakt! “Obod” “Nasaf”ga qarshi o‘yinlarda umuman gol ura olmagan

  • 20 sentabr, 2017, 18:47
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Nasaf” 22-tur uchrashuvini  Toshkentda “Obod” jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv 22 sentyabr juma kuni soat 16:00da  TTYMI stadionida bo‘lib o‘tadi. Mazkur bellashuv oldidan "Nasaf" matbuot xizmati bellashuvga oid ma’lumotlarni taqdim etdi. 

Tecno

O‘zPFL 22-tur

“Obod” (Toshkent) – “Nasaf” (Qarshi)

22.09.2017. TTYMI stadioni. 16:00da

Bosh hakam: Vadim Agishev (Toshkent)

Qanot hakamlari: Nabiyjon Ro‘zimov (Toshkent), Sultonmurod Ulfatov (Toshk.vil.)

Zaxira hakami: Rustam Lutfulin (Toshkent)

Nazoratchi: Farxod Abdullaev (Toshkent)

O‘zPFL vakili: Baxtiyor Mametov.

O‘zingizga ma’lum, Toshkentning “Obod” jamoasi 2016 yildan oliy ligada ishtirok etmoqda. “Obod” va “Nasaf” jamoalari shu paytgacha 3 marta o‘zaro kuch sinashgan. Ularning barchasida “Nasaf” g‘alaba qozongan. Bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda “Obod” “Nasaf” darvozasiga umuman gol kirita olmagan. To‘plar farqi 0:5ni tashkil etadi.

Mazkur jamoalar o‘tgan yili dastlab Qarshida, ikkinchi davrada esa Toshkentda o‘zaro kuch sinashishgan. Birinchi davrada Qarshida bo‘lib o‘tgan bahsda mezbonlar kichik  1:0 hisobida g‘alaba qozongan. Toshkentda bo‘lib o‘tgan o‘yinda yirik 3:0 hisobida zafar quchgan. Qarshidagi uchrashuvda yagona golga Ilhom Shomurodov mualliflik qilgan edi. Toshkentda bo‘lib o‘tgan bellashuvda Farrux Sayfiev, Fozil Musaev va Dragan Cheran o‘z nomlarini tabloga yozdirib qo‘yishgan. 

Joriy chempionatda ushbu jamoalar dastlab 7-turda tuqnash kelishgan. Uchrashuv G‘uzorda bo‘lib o‘tgan. Unda "ajdarlar" kichik 1:0 hisobida zafar quchgan. Bahsdagi yagona golni Dragan Cheran kiritgan edi.

O‘zaro uchrashuvlar natijalari

01.04.2016. “Nasaf” – “Obod” 1:0

12.08.2016. “Obod” – “Nasaf”  0:3

22.04.2017. “Nasaf” – “Obod”  1:0

Toshkentning “Obod” klubi 21 o‘yindan so‘ng 9 ochko to‘plab, turnir jadvalining so‘nggi 16-pog‘onasini egallab turibdi. Joriy chempionatda faqat ikki marta g‘alabaga erishdi va uch uchrashuvda murosa ko‘chasini tanlagan. Qolgan uchrashuvlarda mag‘lubiyatga uchragan.

“Nasaf” esa o‘tgan 20 bellashuvdan so‘ng 35 ochko to‘plab, musobaqa jadvalida kuchli uchlikni yakunlab turibdi. 

Jamoalarning o‘rinbosarlari o‘rtasidagi uchrashuv 21 sentyabr juma kuni, “Obod” maydonida bo‘ladi. Uchrashuv soat 15:45da boshlanishi belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!